7-QURILISH SANOATI XALQARO ANJUMANI - ICCI 2026

10 - 12 fevral 2026, O`zekspomarkaz MKK / O’zbekiston

Anjuman haqida


An'anaviy ravishda, “UzBuild” xalqaro qurilish ko‘rgazmasi doirasida mintaqaning qurilish sohasidagi asosiy tadbirlaridan biri — Qurilish sanoati xalqaro anjumani – ICCI o‘tkaziladi.

Ushbu tadbir Congresses of Central Asia va Iteca Exhibitions, ICA Eurasia Group, tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, 2026-yil 10–12 fevral kunlari Toshkent shahrida, CAEx Uzbekistan ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Anjuman davlat idoralari, soha assotsiatsiyalari va ittifoqlari vakillari, shuningdek, qurilish bozorining yetakchi ekspertlarini qurilish sohasini rivojlantirishdagi asosiy tendensiyalar, dolzarb muammolar va istiqbollarni muhokama qilish uchun birlashtiradi. Anjumanning 2026-yildagi asosiy mavzusi: “Yangi O‘zbekiston: g‘oyalardan keng ko‘lamli yechimlarga”.

O‘zbekistonning qurilish sohasi jadal sur'atlarda rivojlanmoqda. 2024-yilning birinchi yarmida bajarilgan qurilish ishlarining hajmi 6,22 milliard AQSH dollarini tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,1% ga ko‘proq.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida bir qator muhim loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan, jumladan: Toshkent metropolitenining 10 ta yangi bekatini qurish, 15 km uzunlikdagi halqa yo‘lining ikkinchi bosqichini barpo etish, 80 gektar maydonda joylashgan yirik “Tashkent City” majmuasini rivojlantirish, shuningdek, yo‘llar, ko‘priklar va sanoat zonalari kabi 200 dan ortiq infratuzilma obyektlarini yakunlash.

Xorijiy investitsiyalarni jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
2025-yil xorijiy sarmoyalar hajmi bo‘yicha rekord yil bo‘lishi kutilmoqda: 42 milliard dollar o‘zlashtirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 8,7 milliard dollari 1-chorakda jalb qilingan. Sarmoyalarning katta qismi uy-joy, ijtimoiy va energetika infratuzilmasi qurilishiga yo‘naltirilmoqda:
  • Toshkent viloyati: 125 loyiha, umumiy qiymati 26 mlrd dollar, jumladan Xitoy, Turkiya, Koreya va boshqa davlatlardan sarmoyalar.
  • Andijon viloyati: 2,5 mlrd dollarlik loyihalar, shu jumladan 190 ta ko‘p qavatli uylar qurilishi.
  • Xorazm viloyati: 660 mln dollarlik 18 ta loyiha — uy-joy, mehmonxonalar, tibbiyot markazlari, quyosh elektr stansiyalari.

“Yangi O‘zbekiston” dasturi va uy-joy qurilishi
Hukumat “Yangi O‘zbekiston” dasturi doirasida uy-joy massivlarini jadallik bilan barpo etishni boshlagan. Prezident topshirig‘iga binoan qat’iy muddatlar belgilangan: 2 oyda loyiha tayyorlash, 3 oyda qurilishni boshlash, aks holda yer maydonlari davlatga qaytariladi.
Shuningdek, 2024-yilda ipoteka islohoti yo‘lga qo‘yildi:
  • Ipoteka kreditlash uchun 22,5 trillion so‘m ajratildi.
  • Eskrou hisob raqamlari joriy etilib, garov mulkini majburiy sug‘urtalash bekor qilindi;
  • Bitimlarning shaffofligi va xaridorlar uchun kafolatlar kuchaytirildi.
ICCI 2026 — bu noyob maydon bo‘lib, ishtirokchilar o‘z texnologiya va xizmatlarini namoyish etish, infratuzilmaviy tashabbuslarni amalga oshirish, mintaqadagi yirik investitsion loyihalarda ishtirok etish va qurilish sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

ICCI 2026 — bu shunchaki anjuman emas, balki O‘zbekistonning kelajagini barpo etayotganlar uchun qarorlar qabul qilish va muloqot markazidir.
Hududdagi qurilish o‘zgarishlarining markazida bo‘ling — Spikerlar, Homiylar va Delegatlar uchun ro‘yxatdan o‘tish ochiq!

Hududdagi qurilish o‘zgarishlarining markazida bo‘ling — Spikerlar, Homiylar va Delegatlar uchun ro‘yxatdan o‘tish ochiq!