7-QURILISH SANOATI XALQARO ANJUMANI - ICCI 2026

10 - 12 fevral 2026, CAEx / O’zbekiston

Matbuot relizlar

ICCI 2025: Yangi O`zbekistonning qurilish salohiyati – g`oyalardan keng ko`lamli yechimlargacha


ICCI 2025 - 6-Xalqaro qurilish sanoati anjumani
2025-yil 25-26-fevral kunlari CAEx Uzbekistan Xalqaro ko'rgazma markazida bo'lib o'tadi. An'anaga ko'ra, anjuman O'zbekistonning eng yirik tarmoq maydoni va O'zbekiston Qurilish-interyer haftaligining bosh voqeasi bo'lgan O'zbekiston Xalqaro "Qurilish – UzBuild" ko'rgazmasi doirasida o'tkazilmoqda.

So'nggi yillarda qurilish sohasidagi faoliyatning misli ko'rilmagan o'sishi va birinchi navbatda "Yangi Toshkent" va "Yangi O‘zbekiston" keng ko'lamli va shijoatli loyihalari amalga oshirilishi munosabati bilan qurilish sanoatining respublika milliy iqtisodiyotining barqaror o'sishiga qo'shgan salmoqli hissasi sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarildi.

6-Xalqaro qurilish sanoati anjumani – ICCI 2025, UzBuild 2025'ning asosiy biznes maydoni sifatida ish olib borib, loyihalarni boshlash, rivojlantirish va kengaytirishga yordam beradigan kuchli ekspert sinergiyasini yaratadi.

Yana bir bor O'zbekiston, Turkiya, MDH mamlakatlari va Afrikada loyihalarni amalga oshirayotgan, 55 yildan ortiq tajribaga ega KOC Construction qurilish kompaniyasi anjumanning bosh homiysi sifatida ishtirok etmoqda.

Bu yilgi anjuman mavzusi – "Yangi O'zbekistonning qurilish salohiyati" bo'lib, u qurilish va urbanizm kelajagini shakllantirayotgan asosiy tarmoqlarning yetakchi vakillarini birlashtiradi. Tadbir doirasida 10 mamlakat, jumladan: Buyuk Britaniya, Gresiya, Gruziya, Hindiston, Qozog'iston, Polsha, Rossiya, Turkiya, O'zbekistondan 40 dan ortiq spiker va 650 delegatlar sohaning dolzarb trendlari, muammolari va rivojlanish istiqbollarini muhokama qiladilar.

Spikerlar orasida: ilg'or developer kompaniyalari vakillari – KOC Construction, Murad Buildings, dunyoga mashhur arxitektura byurolari – Zaha Hadid Architects, Chapman Taylor, ASLI Architecture va konsalting kompaniyalari – BCG, CMWP Uzbekistan, KPMG, IND, va bundan tashqari, muhokamalarda Evraz Steel Building va Texnonikol kabi ishlab chiqarish kompaniyalari vakillari, shuningdek, barqaror rivojlanish va innovatsion texnologiyalar, jumladan Environmental Solutions (ENVISO) va Unigrin Enerji mutaxassislari ishtirok etadi.

ICCI 2025'ning noyob formati yalpi majlislar, panel muhokamalari va fokus-sessiyalar, ekspert baholarini uyg'unlashtiradi, bu yerda soha professionallari tajriba almashish, sohaning asosiy jihatlarini chuqur ko'rib chiqish va kelajak qurilish sanoatining rivojlanish vektorini shakllantirish uchun eksklyuziv imkoniyatga ega bo'ladilar.

Anjumanni yalpi sessiya ochib, sohaning muhim masalalari, masalan, mamlakat qurilish bozori oldidagi muammolar, davlat tashabbuslari, xorijiy investitsiyalar va infratuzilmani rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarning o'rni kabi masalalarni muhokama qilish vektorini belgilab beradi. Asosiy e'tibor zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va innovatsion yechimlarni qo'llash, energiya samaradorligini oshirish, O'zbekiston qurilish bozorini o'zgartirish, quruvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish kabi mavzularga qaratiladi.

Infratuzilma, turar-joy va tijorat ko'chmas mulkini rivojlantirishni o'z ichiga olgan yangi O'zbekiston loyihalari ICCI 2025'ning asosiy mavzularidan biriga aylanadi. Yetakchi quruvchilar, me'morlar va urbanistlar keng ko'lamli mega-loyihalarni amalga oshirish va kelajak uchun qulay shahar muhitini yaratish bo'yicha o'z qarashlarini taqdim etadilar.

Raqamlashtirish, innovasiyalar, sifatli va xavfsiz texnologik yechimlar anjuman dasturida markaziy o'rinni egallaydi. Ekspertlar qurilish loyihalarini boshqarish, BIM texnologiyalari va raqamli vositalarni joriy etishning ilg'or yondashuvlarini muhokama qiladilar. Barqaror qurilish, ekologik materiallar va energiya samaradorligini oshirish masalalari zamonaviy standartlar va jahon trendlari kontekstida ko'rib chiqiladi.

ICCI 2025'ning ikki kunlik ishi davomida qurilish sanoatining vizionerlari jadal rivojlanish sharoitida O'zbekiston qurilish sektorining kelajagi, uning o'zgarishi va ishlab chiquvchilar uchun yangi imkoniyatlarni muhokama qiladilar. Yangi Toshkent istiqboli: uning yangilangan shahar muhiti, renovatsiya loyihalari, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va poytaxtni zamonaviylashtirishga investorlarni jalb etishga alohida e'tibor qaratiladi.

Anjuman netvorking, bilim almashish va strategik hamkorlik tuzish uchun samarali maydonga aylanadi. Qurilish biznes hamjamiyati, qurilish materiallari ishlab chiqarish vakillari, yetakchi xalqaro ekspertlar va mutaxassislarning anjuman maydonlaridagi hamkorlikdagi faoliyati qurilish, urbanizatsiya va barqaror rivojlanishning dolzarb masalalarini har tomonlama muhokama qilish, strategik rejalashtirishdan tortib zamonaviy texnologiyalar va materiallarni amaliy joriy etishgacha bo'lgan barcha jihatlarni qamrab olish imkonini beradi.
Расмий кўмак:
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги «Янги Тошкент шаҳрини барпо этиш дирекцияси»

Ўзбекистон Савдо-саноат палатаси

«Ўзсаноатқурилишматериаллари» уюшмаси
Anjuman bosh homiysi:
Intellektual hamkor

Texnologik hamkor

Hamkorlar

Tashkilotchilar va Hamkorlar:

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun
CCA matbuot xizmatiga murojaat qiling, Tel: + (998 71) 237 15 54