Yangiliklar
ICCI 2025 anjumanida Yangi O`zbekistonning qurilish salohiyati
6-Xalqaro qurilish sanoati anjumani – ICCI 2025-yil 25-26 fevral kunlari CAEx Uzbekistan xalqaro ko'rgazma markazida bo'lib o'tadi. An'anaga ko'ra, anjuman O'zbekiston qurilish-interyer haftaligining asosiy voqeasi bo'lgan "Qurilish - UzBuild" O'zbekiston Xalqaro ko'rgazmasi doirasida o'tkaziladi.Tadbir tashkilotchisi – Сongresses of Central Asia - CCA xalqaro ko'rgazma kompaniyasi.
Anjumanning bosh homiysi – KOC Construction.
Qurilish sohasi – O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning eng muhim omillaridan biri – barqaror o'sishni ko'rsatmoqda. Ushbu o'sish, ayniqsa, "Yangi Toshkent" va "Yangi O'zbekiston" kabi yirik loyihalarni amalga oshirish doirasida sifatning oshishi bilan hamroh bo'lishi muhimdir.
Aynan shuning uchun O'zbekistonning qurilish sektorini rivojlantirish istiqbollari, qurilish faoliyatida strategiyalarni ishlab chiqish ushbu ICCI anjumanining e'tibor markazida bo'ladi. Qurilishda innovatsion texnologiyalarni joriy etish muhim rol o'ynaydi, bu esa loyihalar samaradorligini oshiradi. Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng yirik “Yangi Toshkent” qurilish loyihasini amalga oshirish misolida O'zbekiston qurilish bozorini o'zgartirish va quruvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratiladi.
Qurilish biznes hamjamiyati, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi vakillari, yetakchi xalqaro ekspertlar va mutaxassislarning anjuman maydonlaridagi qo'shma ishi mazkur vazifalarni hal etishga majmuaviy yondashuvni ishlab chiqishga imkon beradi.
Panel va maxsus sessiyalar davomida ishtirokchilar uchun o'zaro manfaatli yo'nalishlar bo'yicha mazmunli taqdimotlar, konstruktiv muloqot va tajriba almashish kutilmoqda.
Anjuman ishida 7 mamlakatdan 40 nafar spiker va 150 dan ortiq delegat o’z ishtirokini tasdiqlashdi, ro'yxatdan o'tish jarayoni qizg'in davom etmoqda.
Misli ko'rilmagan yuksalishni boshdan kechirayotgan O'zbekiston qurilish sanoati ushbu sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlar kabi turdosh tarmoqlar vakillari – quruvchilar, qurilish materiallari, mebel, maishiy va boshqa texnika ishlab chiqaruvchilar uchun ham keng faoliyat sohasini taqdim etadi. ICCI anjumani sanoat va bozor tendentsiyalari va trendlari bilan tanishish, shuningdek, o'z tajribasi va istiqbollar tasavvurini namoyish qilish uchun noyob imkoniyatdir.
Rasmiy ko'mak ko'rsatmoqda:
- O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi
- O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi
- "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

DASTUR BILAN TANISHISH https://icci.uz/ru/programma-foruma
ANJUMANGA RO'YXATDAN O'TISH https://icci.uz/ru/forma-zaprosa
Hamkor:

Qo'shimcha ma'lumot uchun, iltimos, CCA matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: + (998 71) 237 15 54