7-QURILISH SANOATI XALQARO ANJUMANI - ICCI 2026

10 - 12 fevral 2026, CAEx / O’zbekiston

Yangiliklar

O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 185 trillion so‘mga yetdi

Bu ko‘rsatkich deyarli 12 foizga oshdi

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonda 185 trillion so‘mlik qurilish ishlari bajarildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 12 foizga ko‘pdir. Bu haqda Statistika agentligi xabar bermoqda.

Mamlakatimizda 1 noyabr holatiga 31,1 ming korxona va tashkilot qurilish faoliyati bilan shug‘ullangan. Bunday kompaniyalarning eng ko‘pi – 7,1 mingtasi yoki umumiy sonining 22,8 foizi Toshkent shahrida joylashgan.

10 oylik qurilish ishlari turlari ro'yxati quyidagicha:

bino va inshootlar qurilishi – 132,5 trln so‘m;
fuqarolik qurilishi – 35,6 trillion so‘m;
ixtisoslashtirilgan ishlar - 16,8 trln.