7-QURILISH SANOATI XALQARO ANJUMANI - ICCI 2026

10 - 12 fevral 2026, CAEx / O’zbekiston

Yangiliklar

UzBuild 2025 O`zbekiston qurilish sanoatining trendlari va istiqbollarini taqdim etdi

26-O'zbekiston Xalqaro "Qurilish - UzBuild 2025" ko'rgazmasi 2025-yil 25-27-fevral kunlari keng miqyosda bo'lib o'tdi va an'anaga ko'ra Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group'ning 30-yubiley ko'rgazma mavsumini ochdi.

UzBuild 2025 ekspozitsiyasi bir vaqtning o'zida ikkita ko'rgazma maydonda – "O'zekspomarkaz" MKK va CAEx Uzbekistan'da joylashgan O'zbekistondagi birinchi ko'rgazma hisoblanadi. O'zbekiston Qurilish-interyer haftaligi doirasida UzBuild, BuildTech, Woodtech & MebelExpo Uzbekistan qator qurilish va interyer ko'rgazmalari, shuningdek, ICCI qurilish anjumani bo'lib o'tdi.

Qurilish sanoatiga samarali ko'maklashish bo'yicha ijodiy yondashuvi tufayli Markaziy Osiyo qurilish sanoatining flagman xalqaro ko'rgazmasi maqomiga loyiq ravishda ega bo'lgan UzBuild 2007-yilda mamlakat milliy iqtisodiyotini rivojlantirishga hissa qo'shgan va xalqaro ko'rgazma biznes hamjamiyati tomonidan tan olingan "Butunjahon ko'rgazma sanoati uyushmasi (UFI) tomonidan ma'qullangan tadbirlar" sertifikatini oldi va bu maqom muntazam ravishda tasdiqlanib kelmoqda. Bu yil ko'rgazma yana auditdan o'tdi va tadbirning yuqori xalqaro standartlariga muvofiqligi tasdiqladi.

UzBuild ko'rgazmasi har yili mutaxassislar, ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar uchun eng so'nggi trendlar bilan tanishish uchun qulay maydon va o'z mahsulotlari va texnologiyalarini ilgari surish uchun samarali vosita sifatida jalb etish markazi hisoblanadi. Ekspozisiyaning juda keng assortimenti UzBuild kontseptsiyasini - qurilish jarayonini g'oyadan tortib to mujassamlashgacha ta'minlashni, ya'ni texnologik jarayonning butun zanjirini – loyihalashdan interyer dizaynigacha namoyish etishni – aks etadi.

UzBuild 2025 ishida dunyoning 21 mamlakati: Avstriya, Ozarbayjon, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Gruziya, Eron, Ispaniya, Italiya, Qozog'iston, Xitoy, Koreya Respublikasi, Qirg'iziston, BAA, Polsha, Rossiya Federatsiyasi, Tailand, Turkmaniston, Turkiya va O'zbekistondan 400 dan ortiq kompaniya va brendlar ishtirok etdi. Xorijiy ishtirokchilarning ulushi 75 foizni tashkil etdi. Xorijiy mamlakatlar orasida ishtirokchilar soni bo'yicha TOP 5'ga Xitoy, Rossiya, Turkiya, Germaniya, Buyuk Britaniya kirdi. O'zbekiston kompaniyalari ko'rgazma eksponentlari umumiy sonining chorak qismini tashkil etdi.

Ko'rgazmaga 21 mamlakatdan 17 000 dan ortiq mutaxassislar tashrif buyurishdi, va ushbu raqamlar ko’rgazmaning sanoat mutaxassislari uchun tajriba almashish, qurilishning – loyihadan tortib qulaylik yaratishgacha barcha bosqichlari uchun eng yangi asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan tanishish uchun samarali platforma sifatidagi ahamiyatining yorqin dalilidir. So'rovlar va yuzma-yuz muloqot shuni ko'rsatadiki, ko'rgazma ishtirokchilarining aksariyati uchun ko'rgazmada ishtirok etish biznes aloqalarini o'rnatish, hamkorlar va mijozlarni topish nuqtai nazaridan samarali bo'lgan.

UzBuild ko'rgazmasining biznes dasturining asosiy voqeasi - "Yangi O'zbekistonning qurilish salohiyati" mavzusida bo'lgan 6-Xalqaro qurilish sanoati anjumani - ICCI 2025. Anjuman o'z maydonida xalqaro ekspertlar, ilg'or qurilish kompaniyalari vakillari, dunyoga mashhur arxitektura byurolari, konsalting va ishlab chiqarish kompaniyalari, barqaror rivojlanish va innovatsion texnologiyalar sohasidagi mutaxassislarni to'pladi. Anjumanning mazmunga boy dasturi O'zbekiston qurilish sektorining jadal rivojlanish istiqbollari, uning o'zgarishi, developerlar uchun yangi imkoniyatlar, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va innovatsion yechimlarni qo'llash, energiya samaradorligini oshirish, "Yangi O'zbekiston" va "Yangi Toshkent" loyihalarini amalga oshirish kabi masalalarni o'z ichiga olgan. Muhokamalarda 10 mamlakatdan 40 ma'ruzachi va 650 delegat ishtirok etdi.

Ko'rgazma va anjumanning faxriy mehmonlari orasida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qo'mitasi rahbari, ixtisoslashtirilgan vazirliklar, Toshkent shahar hokimligi, xorijiy missiyalar va tashkilotlar rahbari.

Tashkilotchilar: Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group
Ko'rgazma bosh homiysi:

Ko'rgazma quyidagi rasmiy ko‘magi ostida o‘tkazilmoqda:

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi

O'zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Toshkent shahar hokimligi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Yangi Toshkent" shahrini barpo etish direksiyasi

O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi

" O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi

"QurilishMashLizing" Respublika ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi AJ
Tashkiliy ko'mak:
CAEx Uzbekistan "O'zekspomarkaz" MKK AJ

Hamkorlar:

Rasmiy transport-
logistika hamkori

Texnik
hamkor:

Internet-hamkor:



Gullola Nadirxanova – loyiha direktori
Javohir Xayritdinov – loyiha menejeri
uzbuild@iteca.uz
+9989 71 205 18 18