Yangiliklar
Yana 110 gektar yer Yangi Toshkent qurilishi uchun berildi
Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumanidagi bir qancha mahallalar Yangi Toshkentga ko‘chiriladi.Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq shahridagi 11 ta va O‘rtachirchiq tumanlaridagi 3 ta mahallalar qisman Yangi Toshkent shahrining poytaxt tumani tarkibiga kirishi haqida avvalroq yozgan edik.
Toshkent viloyati hokimi qaroriga ko‘ra, Yuqorichirchiq tumanidan Yangi Toshkentga yana uchta mahalla – “O‘zbekiston”, “Guliston” va “Istiqlol” mahallalari beriladi.
Jumladan, Yangi Toshkent shahar qurilish direksiyasiga Yuqorichirchiq tumanidan davlat qoʻriqxonasiga qaytarilgan va toifasi oʻzgartirilgan 110,4 gektar yer uchastkasi doimiy foydalanish uchun ajratildi.
Ayni paytda mazkur yer uchastkalarini kadastr hujjatlarini tayyorlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.