Yangiliklar
“Yangihayot” texnoparkida 386 million dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-noyabr kuni Toshkentdagi “Yangihayot” sanoat texnologiyalar parkiga tashrif buyurdi. Bu yerda 101 million dollarlik investitsiyalar oʻz ichiga olgan 8 ta korxona faoliyat koʻrsatmoqda, 520 ta yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda.Kelgusida qurilish materiallari ishlab chiqarish, elektrotexnika, logistika va xizmat ko‘rsatish, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati kabi yo‘nalishlarda umumiy qiymati 386 million dollarlik 46 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Kadrlar tayyorlash uchun dual ta’lim joriy etiladi.
2025-yilga qadar texnoparkda 235 million dollarlik 37 ta loyiha, 2026-yilga borib esa 50 million dollarlik bitta loyiha ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
O‘tgan o‘n oyda Yangixayot tumanida 3 mingdan ortiq fuqaro ish bilan ta’minlangan, 6 ming nafar fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatga olingan.